Keyn Angliya tarkibida 49-golini urib, terma jamoadagi gollari soni bo'yicha Bobbi Charltonga yetib oldi

Narzulla Saydullayev
27 mar 2022, 00:38
Keyndan oldinda faqat Ueyn Runi bor.

Angliya terma jamosi hujumchisi Xarri Keyn Shvecariyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida (2:1) gol kiritdi. Ushbu gol Keynning Angliya terma jamoasi tarkibidagi 49-goli bo'ldi. Shu tariq, Keyn terma jamoadagi gollari soni bo'yicha Gari Linekerni quvib o'tib, Bobbi Charltonga yetib oldi. 

Oldinda faqatgina Ueyn Runi bor. Runining hisobida 53 ta gol bor. Xarri Keyn yana beshta gol uradigan bo'lsa, Angliya tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylanadi. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Squawka