Kevo – Yuventus. Bonuchchi jarohat tufayli o'ynamaydi

Aziz Tukhtamuradov
5 noya 2016, 11:43
Yuventus himoyachisi Leonardo Bonuchchi Italiya chempionatining 12-turida Kevoga qarshi bahsda ishtirok etmaydi.
29 yoshli futbolchi YCHL doirasidagi Lion bilan bahsda almashtirilgandi. Uning sonidan jarohat olgani aytilmoqda.

Kevo – Yuventus uchrashuvi 6 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.00da boshlanadi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Football-italia.net