

Shunday qilib, ganalik futbolchi Yevropaning to'rtta eng kuchli ligalarida gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bunga qadar u Angliya, Italiya, Germaniya chempionatlarida to'p kiritgan.
29 yoshli futbolchi bunday natijaga erishgan oltinchi insonga aylandi. Bungacha Florin Reduchoy, George Popesku, Yon-Dal Tomasson, Per Vome va Obafemi Martins kabi futbolchilar mana shu to'rtta chempionatda gol urishgan.
Angliyada Boateng Portsmut safida, Italiyada – Milan, Germaniyada – Shalke safida gol urgan.



