Kevin de Bryuyne o'tgan yilgi finaldan keyingi ilk YCHL o'yinidayoq haftaning eng zo'r futbolchisi deb topildi

Administrator
16 fev 2024
Yarim "Kopengagen"ga qarshi uchrashuvda gol va assist qayd etgandi.

"Manchester Siti" futbolchisi Kevin de Bryuyne YCHLda haftaning eng zo'r o'yinchisi deb topildi. "Man Siti" safida "Kopengagen"ga qarshi maydonga tushgan futbolchi bitta gol va assist qayd etgandi. Qiziqarli jihati shundaki, futbolchi bu turnirdagi oxirgi o'yinini o'tgan mavsum finalida "Inter"ga qarshi o'tkazgandi. O'shanda ham u jarohat tufayli maydonni erta tark etgandi. Jarohat sabab ushbu mavsumdagi YCHL guruh bosqichi o'yinlarini butunlay o'tkazib yuborgan yarim himoyachi pley-off bosqichidagi ilk o'yinidayoq darajasini ko'rsatib qo'ydi.

Ma'lumot uchun, ushbu nom uchun Kevin de Bryuynedan tashqari Braim Dias (“Real Madrid”), Matteo Genduzi (“Lacio”) va Kilian Mbappe (PSJ) nomzodlari ham qo'yilgandi.

Eslatib o'tamiz, kelasi haftada bo'lib o'tadigan YCHL uchrashuvlarida “Inter” - “Atletiko”, PSV - “Borussiya D”, “Portu” - “Arsenal” va “Napoli” - “Barselona” to'qnash keladi. 


AdministratorMuallif
Manba: UEFA.com