Kevin De Bryuyne “Napoli“da qancha maosh olishi ma'lum

Khoja
25 may 2025
“Napoli“ “Manchester Siti“ sardori Kevin De Bryuyne bilan kelishuvga erishdi.

Bu haqida Fabricio Romano ma'lum qildi. Kelishuv 3 yilga mo'ljallangan bo'lib, belgiyalik futbolchi dastlabki ikki mavsumida yiliga 6 million evro ishlab oladi. Uchinchi yil esa uning yillik daromadi 5 million evroga tushadi.

Eslatib o'tamiz, belgiyalik yarim himoyachining “Man Siti“ bilan tuzgan shartnomasi yozda yakunlanadi va u Italiyaga erkin agent sifatida ko'chib o'tadi.


KhojaMuallif
Manba: Sky Sport