Kevin de Bryuyne: "Agarda Xoland kabi zarba berganimda 1 hafta shifoxonada yotardim"

Mirjalol Normatov
9 apr 2023
"Manchester Siti" futbolchisi Kevin de Bryuyne hujumchi Erling Xolandning golidan hayratda ekanligini ma'lum qildi.

"Erlingning ikkinchi golini mening faoliyatimda umuman ko'rmaysiz! Agarda men shunday zarba berganimda 1 hafta Sautgempton shifoxonasida yotgan bo'lardim.

Erling juda ko'p gol urmoqda. U ajoyib va doimo o'z joyida bo'ladi. Agarda vaziyat yaratsangiz, u qayerda bo'lish kerak bo'lsa, o'sha erda turadi. Uni qadrlaymiz", - dedi de Bryuyne.

22 yoshli norvegiyalik forvard ushbu mavsum APLda 30ta gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal