Ketma-ket ikkinchi mavsum O'zbekiston Kubogining amaldagi g'olibi guruhdan chiqa olmadi

Mirjalol Normatov
29 apr 2025
Bugun O'zbekiston Kubogining B guruhidan o'rin olgan 2-tur uchrashuvlari o'tkazildi.

Dastlabki o'yinda O'zbekiston Kubogining amaldagi g'olibi "Andijon" safarda "Lochin"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Ikkinchi bahsda esa "Surxon" o'z maydonida "Dinamo"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Shu orqali guruhdagi dastlabki ikki o'yinda mag'lub bo'lgan "Andijon" guruh bosqichidayoq musobaqadagi ishtirokini yakunlamoqda.

Qayd etish kerak, o'tgan mavsumda kubokning amaldagi sohibi sifatida o'yinlarni o'tkazgan "Nasaf" ham kubokda guruhdan o'ta olmagandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia