Kessie uch top-klub nishonida

Mirjalol Normatov
4 avg 2019
"Milan" yarim himoyachisi Frank Kessie yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.

"II Giornale" xabariga ko'ra, ayni damda "rossoneri"lar rahbariyati ivuarlikni sotib yuborishga qarshi emas. Ayni damda uning xizmatlariga PSJ, "Tottenxem" va "Arsenal" kabi jamoalardan qiziqishlar bo'lmoqda.

22 yoshli futbolchining "Milan" bilan shartnomasi 2022 yilda yakunlanadi. Uning transfer narxi 30-40 million evroga baholanmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: II Giornale