

Chempionship jamoasi o'tgan yili "Manchester Yunayted"da uchta o'yinda bosh murabbiy vazifasini bajargan 41 yoshli angliyalik mutaxassis bilan muzokara o'tkazdi.
"Midlsbro" 13 turdan so'ng turnir jadvalida 24 jamoa orasida 21-o'rinni egallab turibdi.
3 oktyabr kuni oldingi bosh murabbiy Kris Uaylder ishdan bo'shatildi. Uning o'rniga vaqtincha yordamchisi Leo Perkovich tayinlangan.



