Keniyaliklar Farg'onada munosib kutib olindi FOTO

Narzulla Saydullayev
24 mar 2018
Mamlakatimizga O'zbekiston OTJ bilan o'rtoqlik bahslarini o'tkazish uchun tashrif buyurgan Keniya OTJ bugun kunning ikkinchi yarmida Farg'onaga yetib keldi.

Xabaringiz bor, afrikaliklar 26 mart kuni O'zbekiston terma jamoasiga qarshi ikkinchi o'rtoqlik bahsida ishtirok etishadi. Farg'onadagi kutib olish tadbirida Farg'ona viloyati hokimligi, viloyat futbol assotsiatsiyasi,  “Neftchi” klubi matbuot xizmati, OAV vakillari va muxlislar ishtirok etishdi.  Mehmonlar shahar markazidagi “Asia” mehmonxonasidan joy olishdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia