Afrika Millatlar Kubogi-2019. Senegal Keniyani, Jazoir esa Tanzaniyani yirik hisobda mag'lub etdi

Eldor Akmurzayev
2 iyul 2019
Misrda davom etayotgan Afrika millatlar Kubogi-2019ning so'nggi turi doirasida "C" kvartetida uchrashuvlar o'tkazildi.

Senegal termasi Keniya ustidan yirik g'alabaga erishgan bo'lsa. Jazoir ham xuddi Senegal singari Tanzaniyani yirik hisobda taslim qildi. Demak, ushbu guruhdan nimchorak finalga Jazoir peshqadam sifatida, Senegal esa ikkinchi o'rin bilan yo'l oldi. Uchinchi pog'onadagi Keniyada nazariy jihatdan oz bo'lsa ham imkoniyat bor. Biroq,  Tanzaniya xuddi, Burundi, Zimbabve hamda Namibiya termalari kabi musobaqa bilan muddatidan oldin xayrlashdi. 


Keniya – Senegal 0:3

30 June Air Defence Stadium

Gollar: 0:1 – 63 Sarr, 0:2 – 71 Mane, 0:3 – 78, penalti Mane.

Amalga oshirilmagan penalti:  Mane, 29

Keniya – Matasi, Uma, Muhammad, Okumu, Odiambo (Avire, 75), Omolo, Oteno, Masika (Ochieng, 81), Vanyama, Xamis, Olunga.

Senegal – Gomis, Gassama, Siss, Kulibali, Kuyate, Ndiaye, Seve, Sarr, Guye (Diatta, 80), Mane, Nyang (Konate, 75).

Ogohlantirishlar: Oteno (10), Masika (57), Mane (60), Okumu (68).

Chetlatish: Oteno (76).


Tanzaniya – Jazoir 0:3

Cairo Military Production Stadium

Gollar: 0:1 – 34 Slimani, 0:2 – 39 Una, 0:3 – 45 Una.

Tanzaniya – Mnata, Mvantika (Mao, 52), Husayn, Ramadan, Noni, Yaxyo, Mtoni, Salum (Bokko, 85), Muso (Yusuf, 46), Samatta, Msuva.

Jazoir – Mboli, Allish, Zeffan, Taxrat, Bennosir (Gediura, 57), Fares, Una (Mahrez, 74), Abed (Buneja, 79), Budaui, Slimani, Delor.

Ogohlantirishlar: Yusuf (47), Budaui (74), Allish (77).


P.S. Avvalroq, “A”“B” hamda “D” guruhlarida ham so'nggi tur bahslari o'tkazilgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia