Kempes: Soldadoning “Valensiya” prezidenti haqida aytgan gaplari meni hayratda qoldirdi

Tolibjon Qosimov
7 avg 2013
“Valensiya” klubining sobiq hujumchisi Mario Kempes, klubning sobiq hujumchisi Roberto Soldadoning klub prezidenti Amadeo Salvo haqida aytgan gaplardan hayratlanligini ta'kidladi, deb xabar beradi ispan OAV.

1978 yil Argentina terma jamoasi safida Jahon chempioni bo'lgan Kempesning o'zi esa, klub haqida hech qanday yomon fikr bildirmaganligini aytib o'tgan.

“Albatta, uzoqda turganingdan so'ng, klubda nimalar ro'y berayotganligini bilmaysan. Biroq Soldadoning so'zlari meni hayratga soldi. Lekin men “Valensiya” haqida hech qanday yomon gaplar aytganim yo'q. Agar sen klubda uch ajoyib mavsum o'tkazgan bo'lsang, qanday qilib o'z klubing haqida yomon fikrga borishing mumkin?” – deydi Kempes.

Eslatib o'tamiz, “Tottenxem” safiga o'tgan Soldado, Salvoni firibgar deb, uning rejalariga ishonmasligini aytgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com