

Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.
38 yoshli futbolchi joriy mavsum MLS'ning "Los-Anjeles" klubida o'ynadi.
Avvalroq "Yuventus" Italiya futbol klubi direktorlar kengashi iste'foga chiqqanini ma'lum qilgandi.
Klub prezidenti Andrea Anelli ham Italiya grandini tark etdi. Shuningdek, turinliklar rahbari o'rinbosari Pavel Nedved ham iste'foga chiqdi. Ijrochi direktor Mauricio Arrivabene yangi direktorlar kengashi tuzilmaguncha klubda qoladi.
Kellini "keksa sinora" safida barcha musobaqalarda 561 ta o'yinda maydonga tushib, 36 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi "Yuventus" bilan 19 ta sovrin, jumladan, 9 ta Skudetto va 5 ta Italiya Kubogini qo'lga kiritgan.



