Kellini yangi shartnoma imzolashga yaqin

Alisher
22 iyul 2021
"Yuventus" Jorjo Kellini bilan yangi mehnat bitimini muhokama qilishga ochiq.

"Keksa sinora" muhim o'yinchisini o'z tarkibida saqlab qolishga qiziqmoqda. Klub 36 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma imzolashga tayyor.

Qayd etish kerakki, Jorjo Kellini ayni damda erkin agent maqomida. Uning "Yuve" bilan shartnomasi Evro-2020da harakat qilib yurgan payti yakuniga etgan.

Italiyalik futbolchi katta ehtimol bilan yana bir yil "Alyanc Stedium"da to'p tepadi.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato