Ganada kelishilgan o'yin sababli futbolchi ikkita avtogol urdi

Mirjalol Normatov
19 iyul 2021, 23:31
Gana Premer-ligasida katta mashmasha.

"Ashanti Gold" va "Inter Allies" jamoalari ishtirokidagi bahs 7:0 hisobida yakunlandi. "Goal" nashrining yozishicha, zaxiradan maydonga tushirilgan Musa o'z darvozasiga atayin ikki marta gol urganini tan olgan. Futbolchi shu orqali o'yin oldidan kelishilgan hisobni buzishni va stavkalarning amalga oshmasligini istaganligini aytib o'tgan.

"Inter Allies" jamoasi chempionatda so'nggi o'rinni egalladi. "Ashanti Gold" esa mavsumni 9-pog'onada yakunlagan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal