"Kelajak yulduzlari" futbol festivali o'z nihoyasiga etdi

Xayrulla Xoliqov
12 noya 2017
9-11 noyabr kunlari Toshkent shahrida 2007-2008 yillarda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida "Kelajak yulduzlari" futbol festivali bo'lib o'tdi. Mazkur musobaqa bu yil uchinchi marta tashkil qilindi.

Ushbu musobaqada jami 20ta jamoa ishtirok etdi. Toshkent shahar ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabi zalida o'tkazilgan barcha o'yinlar yosh futbolchilarga manzur keldi. Musobaqa festival tartibida o'tkazilgani bois yakunda barcha jamoalarga bir xil kubok, diplom va oltin medallar topshirildi. 

O'zbekiston futbol federatsiyasi va Toshkent shahar futbol federatsiyasining o'zaro hamkorligida tashkil etilgan ushbu festivalda kecha uchinchi kun uchrashuvlari o'tkazildi va shu bilan navbatdagi turnirga yakun yasaldi. Jamoalarni taqdirlash marosimida Mamur Saidqosimov, Rauf Inileev, Dilshod Nuraliev, Nodirxo'ja Yuldashev kabi futbol kishilari ishtirok etishdi. 

Quyida uchinchi kun natijalarini keltirib o'tamiz: 

2007 yilda tug'ilganlar
"Odil Junior" (Namangan) - "Metallurg" 1:1 
"NeftGazMontaj" - BO'SM (Uchko'prik) 4:2
"Mega Sport" - "Lokomotiv-Boysun" 1:4 
"Kosonsoy" - Bekobod 4:1
"Nasaf" - "Junior Football" 3:2
"Odil Junior" (Toshkent) - "Nasaf-2" 3:4

2008 yilda tug'ilganlar
"Odil Junior" - BO'SM (Uchko'prik) 6:1
“Nasaf-2” - "Junior Football" 4:3
“Nasaf” – Bekobod 2:1
"Mega Sport" - IBO'SM (Toshkent) 2:4



Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia