"Keksa sinora" bir yo'la 3 nafar yarim himoyachisini transferga qo'ydi
Omonjon To`xtamirzayev
14 iyul 2023
"Yuventus" yozda bir qator futbolchilarini sotib yubormoqchi.
Ma'lumotlarga qaraganda, yarim himoyachilar Ueston MakKenni, Denis Zakariya va Artur Melo sotuvga qo'yilgan. Avvalroq himoyachi Leonardo Bonuchchi ham klubga kerak emasligi haqida xabar berilgandi.