Keylor Navas: "Real" "Barselona"ni mag'lub eta olishiga ishonaman"

Aslanov Jasurbek
16 mar 2015
"Real" darvozaboni Keylor Navas "Barselona"ga qarshi bahsda o'z jamoasining g'alaba qozona olishiga shubha qilmaydi.

"Bu jamoa har qanday stadionda g'alabaga erisha oladi. "Levante"da ko'p narsalarni boshimdan o'tkazdim, ammo endi bor e'tiborimni "Real"ga qaratishim kerak" - deydi darvozabon.

Eslatib o'tamiz, bu ikki jamoa o'rtasidagi bahs 22 mart kechasi Kataloniya klubi maydonida bo'lib o'tadi. Ushbu uchrashuvni hamkorimiz "ALEZIYA.COM" saytida jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com