Kechirilmadi! Nemis klubi muxlislari futbolchini boshqa jamoa libosida suratga tushgani uchun do'pposlashdi

Khoja
4 sen 2024
Nyurnberg futbolchisi Niklas Zommer Bavariya libosida tushgan suratini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan va bir necha soatdan keyin postni o'chirib tashlagandi.

Bu harakat Nyurnberg muxlislarining tanqidlariga sabab bo'lgan. Shundan so'ng bir guruh muxlislar futbolchini uyidan chiqishini kutgan va keyinchalik kaltaklashgan.

Ma'lumot uchun, Nyurnberg - Bavariyada aholi soniga ko'ra Myunxendan keyingi o'rindagi shahar. Ikki klub muxlislari o'rtasida juda ziddiyatli munosabatlar bor. O'zaro o'yinlar derbi hisoblanadi, ammo hozir Nyurnberg ikkinchi Bundesligada.


KhojaMuallif
Manba: championat.com