Kechagi uchrashuvda ikkita golga sababchi bo'lgan Mark Kukurelya butsalarini chiqindi idishga tashlab yubordi

Khoja
9 dek 2024, 09:27
Kecha Chelsi Tottenxemga qarshi uchrashuvda kambek amalga oshirdi va 4:3 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvning boshida mezbonlar ikkita gol urishga erishdi va har ikki golda Mark Kukurelyaning qo'pol xatosidan so'ng darvoza ishg'ol qilindi.

Uchrashuv yakunlanganidan so'ng ispaniyalik futbolchi butsalarini chiqindi idishga tashlab yuborgan va ikkita xato uchun muxlislardan uzr so'radi.




KhojaMuallif
Manba: championat.com