Kecha "Sevilya"ga qarshi to'p tepgan Kalevich oliy ligaga qaytmoqchi

Nadirkhuja Yuldashev
2 avg 2013, 17:59
Bir necha mavsum Bekobodning "Metallrug" jamoasi sharafini himoya qilgan chernogoriyalik hujumchi Boyan Kalevich, kecha Podgoricaning "Mladost" jamoasi safida Evroliga saralash uchrashuvi doirasida Ispaniyaning "Sevilya" jamoasiga qarshi maydonga chiqdi.
68-daqiqaga qadar to'p tepgan futbolchi oliy ligadan taklif bo'ladigan bo'lsa, O'zbekistonga qaytishini aytib o'tgan. Bu klubda bizga tanish futbolchilardan Sanibal Oraxavac ham o'rin olgan. Afsuski jarohatlar iskanjasi uni faoliyati yakunida taqib etib kelyapti. Hozir jarohatini davolash bilan band "bundesfutbolchi", jarohati tufayli Evroliga qaydnomasidan ham o'rin olmagan.


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: www.uefa.com