“Kecha, bugun, ertaga”. Ilhom Suyunov: “Selekciya kerak, ayniqsa selekcionerlar” (II qism)

Narzulla Saydullayev
12 sen 2013
Ilhom Suyunov ishtirokidagi “Kecha, bugun, ertaga” loyihasining ikkinchi qismini taqdim etamiz.
– MTJning futbolkasini kiyish Siz uchun nima?
– Bu millatimiz, vatanimiz! Uni futbolkasini kiyishni bir so'z bilan izohlab bera olmayman. Futbolchi bor-ki o'z oldiga milliy terma jamoa futbolkasini kiyishni maqsad qilishi kerak. Birinchi o'yinnimi eslaymanmi, eslasam badanim jimirlab ketadi. Bu katta roxat, mazza-ku (to'lqinlanib)!

– Ayrim narsalarni inobatga olmasa, futbol Sizga juda katta narsalarni berdi?
– Bo'lmasamchi, men tuygan tuyg'ularni futbolchigina izohlab bera oladi.

– Asosan Inileev paytida MTJ sharafini himoya qildingiz, shunday o'yinni Osiyo Kubogida ko'rdik. Inileev paytida o'ynagan futbolchi sifatida, o'sha davrdagi o'yin jozibasida ko'proq nima katta rol o'ynagan edi?
– Terma jamoada asosan Inileev paytida o'ynadim. So'nggi marotaba MTJga Abramov paytida bordim. Abramovni mashg'ulotlarini ko'rsangiz, ja osmon emas edi. Lekin o'yin juda chiroyli edi. MTJdan chetda yurganimda bular qanday qilib bunday o'ynashyapti deb o'ylardim. Mashg'ulotga chaqirilganimda esa o'zim guvoxi bo'ldim. Terma jamoa a'zolarining barini inoq qilib qo'ygan ekan. Zaxirada qolgan futbolchi ham hafa bo'lmas edi. U qanaqa qilib bunday tushuntirgan, to'g'risi qoyil qoldim.

– Demak har qanday muvaffaqiyat zamirida ilq munosabat yotadi?
– Albatta. Undan keyin tushuntirishda ham katta gap. Masalan sizga hujumkor o'yin o'ynash kerakligini aytishadi, ammo uni tushuntirib ham berish kerak. O'zim ham ko'plab murabbiylarni ko'rdim bazilari tushuntira oladi, bazilar yo'q. Tushuntira olmaganindan keyin nima xohlashini ham bilmaysiz. Shundan keyin hamma o'z bilganini qiladi.

– Ko'plab tajribali murabbiylar bilan ishladingiz. Murabbiy bo'lish niyatingiz ham yo'q emas. Shu davr mobaynida o'zingizga poydevor yaratib borayapsizmi?
– Yaxshimi yomonmi, hamma murabbiyni o'rganadigan jabhalari bor. Hamma murabbiyni kuchli va kuchsiz tomoni bor. Murabbiyni asosiy ishi, nima istayotganini tushuntirib bera olishi lozim. Hech bo'lmasa nima uchun yugirtirayotganini.

– Bu borada murabbiyga ham oson emas. Murabbiy sabrli bo'lishi kerak, chunki u o'z qo'lidagi 20 nafar  futbolchiga, 20 xil munosabatda bo'lishi kerak. Siz o'z sabringizga ishonasizmi?

– To'g'risi hali o'ylaganim yo'q. Buning uchun murabbiy bo'lib ko'rish kerak. Murabbiylik qiyinroq. Buni yaqinda faoliyatini tugatgan o'yinchilarimizdan ham eshityapman.

– Oliy ligani o'sib ketmayotganiga o'sha-o'sha murabbiylarni u klubdan, bu klubga o'tib yurishi deb  o'ylamaysizmi, yangilik yo'q?
– Masalan 4-4-2 taktikasi yangilik bo'lgan. Unga qadar uch himoyachi oldiroqda biri orqaroqda o'ynardi. Bunga ham 12 yil bo'libdi. Avval murabbiylar rosa ko'p kros yugurtirar edi. Agamurodov kelganidan keyin o'zi bilan yangi ish olib kirdi. Bu bilan katta yutuqqa erishdik. Hozir ham chetdan murabbiylar kelsa o'zgarish bo'ladi.

– Bitta yangilikni 12 yil yashashi uzoq muddat emasmi, murabbiylar o'z ustida ishlamaydi yoki yangilik qilgisi kelmadi. O'zilar ham zerikib ketasizlarmi?

– Rostan shunday, zerikib ketasiz. Ko'p murabbiylar bilan ishladim, bazilari chet eldan kelishadi-da, ishini yarim tashlab ketganidan keyin bu erdagilar o'sha ishni qilishadi. Shunga o'zi bironta o'zgartirish kiritsa bo'ladi-ku! Tag'in bir narsa deya olmayman, avval o'zim murabbiy bo'laychi.

– Masalan Siz ham o'z qolipimizdansiz. Agar biron-bir horij maktabida taxsil olib qaytmasangiz, Siz ham shu tizimda ishlaysiz, rejangizda chet elga chiqib bilib olish niyati bormi?

– Bu borada hozir aniq bir gap aytma olmayman, hali futbol o'ynamoqchiman.

– Savolni boshqacharoq beray, mayli murabbiylar chetga chiqishmasin, lekin 10 yildan beri kuchli jamoalarga qarshi bahs olib boryapmiz, balki ulardan o'rganish kerakdir?
– Yana bir narsa bor-ki, biz medicina borasida oqsayapmiz. Bugungi kun futbolida medicina borasida katta ish qilishimiz kerak. Professionalmiz deymiz-ku, ammo yanada professional bo'lish kerak.

– Yoki Mirko Elichich kabi mutaxassislar kerakdir, jismoniy tayyorgarlik borasida unga etadigani yo'q edi. Futbolchilarni ham tezda tiklantira olardi.
– To'g'ri. Keyin Nepomnyashiy davrida italiyalik mutaxassis kelgandi. O'sha odam 1 yil og'rib yurgan tizzamni 2 kunda davolagan. BAAdagi mashg'ulotda oyog'imni ko'rsatganimda, bir ko'rishda oyog'im chiqqanligini aytib joyiga solib qoygan. Shu-shu oyog'im og'rimaydi. Ular qayerda o'qigan, o'qishda. Huddi shunday bizda ham o'qishsin, shu jumladan murabbiylar ham.

– Professional klubning barcha hodimi o'z ishini professori bo'lishi kerak to'g'rimi?
– Bizda ko'proq chet eldan murabbiy kelib hayron qolishardi, nima uchun sizlarda ko'p narsaga shifokor javob beradi deb hayron qolishardi. Keyin yana bir narsa, ko'p narsa futbolchiga ham bog'liq.

– Futbolchi mazza qilib futbol o'ynamaydimi, nima deysiz? Bazan mashg'ulotlarga loqayd futbolchilarni ko'ramiz...
– Mana Akmal Xolmatovni qarang, hozir shu kishi 37 yoshda. Havasingni keltiradi bu inson. Xolmatov har bir futbolchiga o'rnak bo'lishi mumkin bo'lgan futbolchi.

– 20 yoshga to'lmay futboldagi hayotini pul bilan bog'layotganlarga nima deya olasiz?
– Pulga ruju qo'ygan odam faoliyatini erta tugatib yuboradi. Futbol og'ir kasb. Yaxshi o'yinchi bo'lish uchun katta mehnat qilish kerak.

– Yoki bo'lmasa qarsakka bardosh bera olishmayapti. Sizlarni paytingizda 10 minglab muxlis Suyunov deb baqirar edi, hozir esa 500ta odam qarsak chalyapti yoki yo'q?

– Bu futbolchining feli bilan ham bog'liq bo'lsa kerak. Yana Akmal akaga misol qilay, o'z paytida Neftchini bir o'zi olib yurar edi. Futbolni yaxshi ko'rish kerak. Yoki bo'lmasa O'zbekistonni eng oldi futbolchisi va murabbiyi Mirjalol Qosimovni gapini eslayman, Futbolga mexr bersang, shunda futbolchi bo'lasan. Ular ham bilmasdan biron-bir gap aytmasa kerak?

– Paxtakorni oltin davrida o'ynadingiz, MTJ safida esa Fyodorov va Shackix kabi futbolchilar bilan saf tortdingiz. Qaysi davrni yana qaytishini istar edingiz?
– Yoshlik davrimni mazza qilib eslayman. Ayqnisa Fyodorov kabi futbolchilar bilan. Kattalar orasida kichik bo'lish yaxshi. Kimdandir nimanidir o'rganish mumkin bo'ladi.

– Faoliyatingizda raqobat qanday rol o'ynadi? Paxtakorda Nikolaev, MTJda esa Shirshov. Chap qanotda juda katta raqobat bo'lgan...

– Shirshov va Nikolaev kabi futbolchilar bilan raqobatlashish davomida murabbiydan hafa bo'lish kerak emas. Har bir futbolchi o'ziga bildirgan imkoniyatdan unumli foydalanishi kerak. Chunki hammani o'z vaqti keladi.

– Ikki davr raqobatidan kelib chiqib aytsak, qaysi biri kuchli edi?
– Albatta avvalgisi. Lekin hamma davrni o'zini kuchli o'yinchilari chiqib kelyapti. Buni bugungi MTJ misolida ham ko'rishiz mumkin. Avvalgisi o'z davri uchun, hozirgisi esa bugun uchun kuchli.

– Bugungi o'zbek futbolining yutug'i, ayniqsa terma jamoaning muvaffaqiyatlariga ko'proq nimalar sabab bo'ldi?
– O'yin surati shakillanib borilyapti. Aniq bir narsani ayta olmayman, lekin o'sish bor.

– Chempionatimizga kirib kelayotgan legionerlar hususida nima deysiz. Hammasi ham mahalliy futbolchilardan kuchli emas?
– Kuchli legionerlarni kelishi o'zimiz uchun yaxshi. Ayniqsa yoshlarga. Masalan, Bunyodkordagi Pishurdan o'rganadigan narsalar ko'p. Lekin bazilaridan o'zimizni bollar ancha yaxshi. Yana bir narsa borki, bu– e'tibor! Hamma gap aslida shu e'tiborda. Keyin futbolda hamma o'z ishini qilishi kerak.

– Paxtakor muxlislari 10 yillik faoliyatingiz uchun juda minnatdorlar, buni kelayotgan xatlardan ham bilsa bo'ladi!
– Paxtakorni muxlislari, bu Paxtakorniki! Men ularni nima uchun hurmat qilaman, biron marotaba ishimizga aralashishmaydi. Muxlismi, muxlisligini qiladi. Yutsak olqishlaydilar, yutqizsak ichi achib, kerak bo'lsa qattiq ham gapiradi. Lekin ular muxlis. Haqiqiy muxlis. Muxlis bo'lsa, shunaqa bo'lsa!

– Yana bir narsa, futbol 90 daqiqa davomida o'ynaladigan sportning bir turi. Bazan maydonda tortishib ketiladi. Muxlisning yakuni xulosasi esa –  ikki futbolchi dushman...

– Hakam hushtagi yangraganidan keyin chiziqdan chiqamiz-ku, bo'ldi hammamiz inoqmiz. Maydonda futbolchi o'zaro urishib ketsa, bir og'iz kechirasan deb kelishib ketamiz. Futbolchilarni hammasi yaxshi bola o'zi (kuladi). Faqat o'yin paytida charchaysiz, qizishasiz. Hamma ish o'sha maydonni o'zida qoladi.


Nodirxo'ja Yuldashev suhbatlashdi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia