Kecha bir taym o'ynagan Brunu ajoyib natija qayd etdi

Mirjalol Normatov
6 dek 2020, 10:40
Kecha "Manchester Yunayted" APLning 11-turida "Vest Xem" maydonida g'alabaga erishdi.

Ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushgan Brunu Fernandesh ushbu o'yinda 8 bora raqib darvozasi oldida ajoyib vaziyatlar yaratdi. "OPTA" ma'lumotlariga ko'ra, bunday natijani ushbu mavsumda biror futbolchi amalga oshira olmagan.

Undan tashqari, nashrning yozishicha, Brunu ushbu mavsum kuchli beshlik chempionatlarida xavfli vaziyatlar sodir etish borasida eng yaxshi natijani qayd etib turibdi - 35.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA