Kazemironing MYUdagi maoshi "Real"dagidan yuqori emasligi ayon bo'ldi

Mirjalol Normatov
4 sen 2022
Yozda "Real"dan "Manchester Yunayted"ga o'tgan Kazemironing shartnomasidagi bandlar asta-sekinlik bilan ochiqlanmoqda.

60+10 million evro evaziga transfer qilingan braziliyalikning maoshi avvaliga "Real"nikidan ko'ra 2 baravar ko'pligi aytilgandi. Biroq "The Athletic" nashri ma'lumot noto'g'ri ekanligini ma'lum qildi. Kazemironing MYUdagi maoshi "Real"nikidan sal ko'proq. Bunga sabab sifatida jamoaning ushbu mavsum Yevropa ligasida qatnashishi ma'lum qilingan. Agarda jamoa kelasi mavsumda YCHLda qatnashish huquqini qo'lga kiritmasa, xavbekning maoshi yanada pasaytiriladi va "Real"da olgan maoshidan ham kamroq bo'ladi.

Kazemiro ushbu mavsum APLning ikki o'yinida qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic