Kazemiro: Ronaldu ko'plab sovrinlarni yutishimga yordam bergan. U, Messi va Neymar – men to'p surayotgan davrning eng yaxshilari

Alisher
11 iyul 2023
MYU yarim himoyachisi Kazemiro Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi va Neymarni o'zi to'p surayotgan davrning eng yaxshilari deb atadi.

Maradona va Pele singari afsonalarning o'yinlaridan bahramand bo'la olmaganman, ammo bizning avlod vakillari orasida eng yaxshilari bo'lgan – Messi, Ronaldu va Neymar o'yinidan rohatlanganman.

Bu uch futbolchi – men to'p surgan davrning tengsiz o'yinchilari ekaniga shubham yo'q. Yaxshiyamki, Krishtianuga qarshi hech qachon o'ynamaganman. U ko'plab sovrinlarni yutishimga yordam bergan, - deydi Kazemiro.


AlisherMuallif
Manba: championat.com