Kaysedo "Chelsi"ga o'tadimi? "Brayton" bosh murabbiyi javob berdi

Mirjalol Normatov
23 iyul 2023
"Brayton" bosh murabbiyi Roberto de Zerbi "Chelsi"ga o'tishi kutilayotgan Moyses Kaysedo haqida gapirdi.

"Klub egasi qarorini o'zgartirmasa, Kaysedo biz bilan bo'ladi. Kelajakda nimalar bo'lishi mumkinligini bilmayman. Agarda Moyses jamoadan ketsa, uning o'rniga mos tushadigan futbolchi topishimiz kerak bo'ladi. "Chelsi"dan farqli ravishda biz Yevropa ligasida o'ynaymiz. Bizga undan ham kuchliroq futbolchi kerak bo'ladi", - dedi de Zerbi.

Oldinroq Kaysedoning o'zi "Chelsi"dan qiziqishlar bo'layotganini aytgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal