Kavani Neymar sababli PSJdan kyetishi mumkin

Mirjalol Normatov
9 mar 2018, 16:14
Hujumchi Edinson Kavani PSJdan kyetishi mumkin.

"Le Parisien" xabariga ko'ra, urugvaylik futbolchi Neymarning klub bilan qilayotgan munosabatidan norozi. Kavani PSJning e'tibori faqatgina Neymarga qaratilgani, buning oqibatida klub ishlari orqaga qarab ketmoqda deb hisoblamoqda.

Oldinroq Neymarning "Barselona"ga qaytish istagi borligi borasida ma'lumotlar yangragandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Le Parisien