Kavani MYU 7-raqamni undan tortib olib, Ronalduga berganidan jahli chiqqan

Eldor Akmurzayev
24 may 2022
Bu haqda ESPN xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Edinson Kavani mavsum boshlanishidan oldin “Manchester Yunayted” unga tegishli 7-raqamni Krishtianu Ronalduga berilayotganini bilgach, jahli chiqqan.

Portugaliyalik ushbu raqam ostida “Real” va “Yuventus”da o'ynagan hamda “qizil iblislar”dagi avvalgi faoliyatida ham “7”da harakat qilgandi.

Kavani 2020 yil kuzida PSJdan MYU safiga kelib qo'shilgan. Ilk mavsumida u 39 bahsda 17 ta gol urdi. 2021/22 yilgi mavsum esa 20 o'yinda atigi 2 bor o'z nomini tabloga yozdirdi. 35 yoshli urugvaylik yozda jamoadan ketishi kutilmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ESPN