Kavani La Ligaga yo'l olishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
3 fev 2022
"Manchester Yunayted" hujumchisi Edison Kavani mavsum oxirigacha klubda qolishga qaror qildi.

Kavanining kelajagiga may oyida aniqlik kiritiladi. U faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Ayni paytda unga ispan klubidan taklif bor. 

Bungacha u "River Pleyt"ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Ma'lum bo'lishicha, bu borada muzokaralar to'xtagan. 

Urugvaylik futbolchi ushbu mavsumda APLning 10 ta o'yinida maydonga tushib, 2 ta gol urgan. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano