Kavani A Seriya klubi bilan muzokaralar olib bormoqda

Alisher
27 iyul 2022
Urugvaylik hujumchi Edinson Kavani A Seriyaga yo'l olishi mumkin.

35 yoshli to'purarning xizmatlariga A Seriyaga chiqqan "Monca" qiziqish bildirmoqda.

Kavanining agenti ayni damda klub bilan faol tarzda muzokaralar olib bormoqda.

Eslatib o'tamiz, urugvaylikning so'nggi ish joyi "Manchester Yunayted" bo'lgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail