Katta tanaffusdan keyin Ronaldu yana Turinda mashg'ulot o'tkazdi

19 may 2020, 23:40
Bir necha soat avval Krishtianu Ronalduning "Yuventus" bazasiga tashrif buyurgani haqida xabar bergandik.

Krishtianu Ronaldu qaytdi

Endi uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida "Yuventus" mashg'ulot maydonida shug'ullanayotgani tasvirlangan suratlar pado bo'ldi. Takidlanishicha, bugun portugaliyalik futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tgan va yakka tartibdagi mashg'ulotlarga qaytgan.


Manba: twitter.com/Cristiano