Katta mojaro. Qatar kanali JCH-2022 uchun FIFAga 100 mln. evro to'lagan

Aslanov Jasurbek
21 yanv 2018
Qatarning davlat telekanali beIN Sports mamlakat 2022 yildagi jahon chempionatiga mezbon sifatida tayinlanishi uchun 100 mln. evro to'lagan.

Bu haqda Mail on Sunday FIFA prezidenti Yozef Blatterdan intervyu olgan Bonita Mersiadesning kitobiga asoslanib xabar bermoqda.

Blatterning aytib berishicha, 2010 yilda JCH-2022ga mezbonlik qiluvchi davlat aniqlanishidan bir necha oy oldin Qatar g'alaba qozonsa  beIN Sports FIFA hisob raqamiga 100 mln. evro o'tkazib berishni vada qilgan. Turnir mezboni aniqlanganidan so'ng, haqiqatdan ham pullar tashkilot hisobiga tushgan. Qatar telekanali matbuot-xizmati Mail on Sunday talabiga ko'ra FIFA ulardan 100 mln. evro olganini tasdiqladi, ammo mablag' boshqa maqsadda o'tkazilganligini aytishdi.

Shu bilan birga, Blatterning ma'lum qilishicha, u Qatar turnirni o'tkazish huquqidan ayrilishini istagan, biroq u Qatar amiri bilan ushbu ishga aralashmaslikni kelishib olgan, ammo bir shart evaziga. Shartga ko'ra, FIFA ijro qo'mitasining sobiq a'zosi qatarlik Muhammad bin Hammam FIFA rahbarligi uchun saylovlarda ishtirok etmasligi kerak edi.

Bundan tashqari, FIFA sobiq rahbarining so'zlariga ko'ra, FIFA ijro qo'mitasi sobiq a'zosi Franc Bekkenbauer JCH-2022 mezbonini aniqlashda Avstraliyaga ovoz berish uchun ulardan pora olgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com