

"Fergyuson uni qanday urushgani yodimda. Adashmasam, "Chelsi"ga qarshi o'yin edi, unda Ronaldu yaxshi o'yin ko'rsata olmadi. Tanaffusda ser Aleks Ronalduga: "Bolton", "Blekbern"ga osonlik bilan xet-trik qilasan, katta jamoalarga esa unday qilolmaysan", deb gapirdi. Bu Krishtianu uchun og'ir vaziyat bo'ldi. Shundan keyin u katta jamoalarga ham gol urishni boshladi.
Asta-sekinlik bilan u boshqacha futbolchiga aylanib bordi. Fergyuson esa uni vinger emas, hujumchi sifatida ko'rishni boshladi. Shu orqali uning gol urish qobiliyati kuchayib bordi. O'sha mavsumda u 42 gol urdi", - dedi Evra.



