Kataloniyaliklarga Sangare kerak

Sherzod Nurmatov
20 okt 2022
"Barselona" PSV yarim himoyachisi Ibraim Sangare bilan shartnoma imzolashi mumkin.

"Barselona" so'nggi bir necha oy davomida futbolchini kuzatib kelmoqda, ammo transferni rasmiylashtirish uchun hali hech qanday chora ko'rmadi.

Sangaredan tashqari Martin Subimendi ("Real Sosedad"), Enco Fernandes ("Benfika"), Ruben Nevesh ("Vulverxempton"), shuningdek, Jorjino ("Chelsi") va Yuri Tilemans ("Lester") ham tekinga "ko'k-anorranglilar" safiga kelib qo'shilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es