Kassano: "Ronaldu va Sarri o'rtasida muammolar talaygina"

Mirjalol Normatov
2 dek 2019
O'tmishning mashhur futbolchilaridan biri Antonio Kassano "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi.

"Ronaldu va Sarri o'rtasida talaygina muammolar bor. Barchasi Ronalduning ketma ket ikki marta o'zgartirilishidan boshlandi. Bunday paytda istalgan futbolchining jaxli chiqardi. Menimcha, ularning orasida muammolar bor va "Yuventus" buni bostirishga urinmoqda", - dedi Kassano.

Eslatib o'tamiz, "Milan"ga qarshi o'yindan keyin Ronaldu bosh murabbiyi bilan qo'l siqishmadi va o'yin yakunlanmasidan oldin stadionni tark etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tiki Taka