Kassano: "Ronaldu Italiyada ko'p yillar davomida har mavsum 30-40ta gol urishi mumkin"

Aslanov Jasurbek
18 iyul 2018, 09:55
Italiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Antonio Kassanno forvard Krishtianu Ronalduning "Yuventus"ga o'tgani haqida fikr bildirdi.

"Krishtianuni yangi tajriba kutib turibdi. "Yuventus" unga ko'p pul to'laydi, ammo bundan afsuslanmaydi, chunki u kabi futbolchi uchun 100 mln. evro - yaxshi kelishuv.

Ronaldu 33 yoshda, biroq u o'zining jismoniy holatiga katta e'tibor beradi. A Seriya saviyasini hisobga olsak, u uzoq yillar davomida har mavsum 30-40ta gol urishi mumkin.

Men Maks Allegri bilan ishlaganman, u haqiqiy fenomen. Ko'pchilik unga etarlicha baho bermaydi. Allegrining eng yaxshi qobiliyati - aql. U iqtidorli futbolchilarning o'zini ko'rsatishiga yordam beradi. Allegri Ronaldu uchun mos murabbiy" - deydi Kassano.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia