Kasilyas: "Kariusni tinch qo'ying!"

Aslanov Jasurbek
23 iyul 2018
"Portu" posboni Iker Kasilyas "Real"ga qarshi Chempinolar ligasi final uchrashuvidan so'ng tanqidlar ostida qolgan "Liverpul" darvozaboni Loris Kariusni himoya qildi.

"Kariusga bo'lgan hujumlar qachon tugaydi? Dunyoda bundanda jiddiyroq muammolar bor! Yigitni tinch qo'ying! U hammamizga o'xshagan inson!" - deydi Kasilyas.

Eslatib o'tamiz, Karius Chempionlar ligasi finalida ikkita qo'pol xatoga yo'l qo'ygan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com