Kaseres Angliyaning 3ta klubi bilan muzokara olib boryapti

Aslanov Jasurbek
7 fev 2017
“Yuventus” klubining sobiq himoyachisi Martin Kaseres faolyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Futbolchi ayni paytda “Sautgempton”, “Kristal Pelas” va “Sanderlend” klublari bilan muzokara olib boryapti.

Urugvaylik futbolchini qo'lga kiritishda asosiy davogar klub sifatida “Sautgempton” etirof etilyapti. Kaseres o'tgan yili yozda “Yuventus” bilan shartnomasi yakunlanganidan so'ng erkin agentga aylangan edi. 



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports