Kasemiro: "Zidan "Real" futbolchilariga otadek bo'lgan"

Aslanov Jasurbek
5 mar 2019
"Real" yarim himoyachisi Kasemirojamoa bosh murabbiyi Santyago Solarini "qaymoqranglilar" sobiq ustozi Zinedin Zidan bilan solishtirdi.

"Biror murabbiyni ajratib ko'rsatish adolatsizlik bo'ladi. Mourinyu, Anchelotti, Zidan, Benites... Ularning har biri o'zgacha. Zidan futbolchilarga otadek edi.

Solari ham xuddi shunday, u har birimizga borini gapiradi. Har bir jamoada pasayish bo'ladi, bu normal holat. Oldinda asosiy turnir Chempionlar ligasi turibdi. Qiyin bo'lsada, biz barcha turnirlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz" - deydi Kasemiro.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Esporte Interativo