Kartabia: "O'tgan yildan farqli ravishda "Nasaf" bilan boshqa turnirda to'qnashamiz"

Aslanov Jasurbek
20 okt 2025
"Shabab Al Ahli" yarim himoyachisi Federiko Kartabia "Nasaf"ga qarshi Elit Osiyo Chempionlar Ligasi o'yini oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bo'lajak uchrashuv muhim ahamiyatga ega bo'lgani uchun katta e'tibor talab qiladi. Barcha o'yinchilar o'z mahoratlarini to'liq namoyon etish va ko'zlangan maqsadga erishishga intilyapti.

O'tgan yildan farqli ravishda boshqa turnirda ishtirok etyapmiz va o'z maydonimizda qiyin o'yin o'tkazamiz. Bizni doim qo'llab-quvvatlab kelayotgan muxlislarimizni xursand qilish uchun ko'plab imkoniyatlar yaratishga, gol urishga va uch ochko jamg'arishga harakat qilamiz", dedi 32 yoshli futbolchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia