Karrera 100 ming rubl jarima to'laydi

Aslanov Jasurbek
11 may 2017
RFI tartib-intizom qo'mitasi raisi Artur Grigoryanc RFPLning 27-tur uchrashuvi "Spartak" - "Tom" uchrashuvi bo'yicha qarorni e'lon qildi.

"Spartak" - "Tom" uchrashuvida mezbonlar ustozi Massimo Karrera majburiy flesh-intervyu bermadi va matbuot-anjumanida qatnashmadi. Biz har bir qoidabuzarlik uchun 50 ming rubldan jarima soldik.

"Spartak" muxlislari ham so'kinishdi, bu uchun klub 100 ming rubl to'laydi. Shu bilan birga, "Spartak" muxlislari pirotexnikadan foydalanishdi. Klub yana 30 ming rubl jarima to'lashiga to'g'ri keladi" - deydi Grigoryanc.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com