Karrager: "Rojers - hozirgi paytda eng yaxshi britaniyalik murabbiy"

Mirjalol Normatov
23 noya 2020
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager "Lester" bosh murabbiyi Brendan Rojers haqida fikr bildirdi.

"Rojersni ayni damdagi eng yaxshi britaniyalik murabbiy deb hisoblayman. Uning "Liverpul"dagi faoliyati unchalik zo'r bo'lmagan deb hisoblashadi, biroq unday emas. Brendan sovrin yutishga yaqin bo'lgandi.

U "Lester"dan keyin "Chelsi" yoki "Arsenal"ni boshqarishini istisno qilmayman. Biroq ishonamanki, u Angliya termasi yoki top-klubidan taklif oladi", - dedi Karrager.

9-turdan keyin Rojers boshqaruvidagi "Lester" APLning 4-jamoasi bo'lib turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal