Karpin: "Shomurodov va Bayramyan o'yinga qo'shildi va biz maydonni qo'lga oldik"

Alisher
1 noya 2019
"Rostov" bosh murabbiyi Valeriy Karpin Rossiya Kubogi 1/8 final doirasidagi "Spartak" (Moskva)ga qarshi o'yindan so'ng o'z jamoasini maqtadi.

- "Rostov"da asosiy tarkib deyarli o'ynamadi. Bu nima bilan bog'liq?

- Qisqa vaqtdan keyin "Krasnodar" bilan o'yin o'tkazamiz, shuning uchun shu tarkib bugun harakat qildi. Ko'plar esa o'yin amaliyotiga ega bo'ldi.

- Mag'lubiyat nima bilan bog'liq edi?

- Chunki raqib 2ta, biz esa 1ta gol urdik (zalda kulgu)

- Ikkinchi bo'lim o'rtalaridan sizning jamoangiz o'yinni boshqargani ajablanarli emasmi?

- Maydonga Shomurodov va Bayramyan tushdi, biz o'yinni o'zgartirdik va maydonda bitta jamoa ustunlik qildik. Nega bunday? Shunchaki bizning o'yinchilar ajoyib (kuladi).


Eslatib o'tamiz, "Spartak" va "Rostov" jamoalari o'rtasidagi o'yin 2:1 hisobida moskvaliklarning g'alabasi bilan yakunlandi.


AlisherMuallif
Manba: fc-rostov.ru