Karpin "Rostov"ning g'alabasidan keyin: "Pul bering va biz Messi, Ronaldu, Azarni sotib olamiz"

Eldor Akmurzayev
26 avg 2019, 00:50
Rossiya chempionati 7-tuiri doirasida Rostov – Rubin o'yinidan (2:1) keyin, mezbonlar ustozi matbuot anjumanida jurnalistlarning savoliga javob berdi.

Asablarim joyiga kelib qoldi. Shuncha vaziyatlarni yaratdik… Imkoniyatlardan yaxshiroq foydalanishimizni istagan bo'lardim. Shunga qaramay shogirdlarimdan faxrlanaman. Ular bugun men aytgan barcha ishni ijobiy uddalashdi, faqat, darvozaga aniq zarba berishni aytmaganda. Hujumni yakunlash bo'yicha xatolarimizni tuzatib boramiz – 30 zarbaning o'rniga 50 bora tepib ko'ramiz. Balkim gol urib qolarmiz. Chempion bo'lishimiz uchun pul bering. Unga Messi, Ronaldu, Azarni sotib olamiz, – deydi Karpin.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia