Karpin: "Rostov" o'yinchilari qo'llaridan kelganini qilishdi. Bundan ortig'ini shunchaki qila olishmasdi"

Alisher
23 iyul 2020, 18:23
"Rostov" bosh murabbiyi Valeriy Karpin Rossiya Premer-ligasining yakunlangan mavsumi haqida gapirdi.

"Jamoa va yigitlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ular qo'llaridan kelgan barchasini qildilar. Ishoning, bundan ortig'ini qila olishmasdi. Va albatta muxlislarga minnatdorchilik bildirishni xohlayman.

Ular mavsum davomida qo'llab-quvvatlashdi, muxlislik qilishdi va qayg'urishdi. Buning uchun rahmat, shaxsan o'zim va klub nomidan minnatdorchilik bildiraman", - deydi Karpin.

Eslatib o'tamiz, "Rostov" Rossiya Premer-ligasida 30 turdan so'ng 45 ochko to'plagan holda, jadvalda beshinchi o'rinni egalladi va Yevropa Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.


AlisherMuallif
Manba: fc-rostov.ru