Karpin: "Biz "qamoq"da o'tiribmiz. "Sochi"ga qarshi o'yinda kimlar o'ynashini bilmayman"

Alisher
19 iyun 2020, 14:51
"Rostov" bosh murabbiyi Valeriy Karpin RPL 23-turi doirasidagi "Sochi"ga qarshi o'yin o'tkazilishiga izoh berdi.

- "Sochi"ga qarshi o'yinda qanday tarkib o'ynaydi?

- Bilmayman.

- Ammo, o'yin bo'lib o'tadi.

- Bilmayman. Bundan bundan xabarim yo'q.

- Klublar kelishuvga erishganlari to'g'risida xabar paydo bo'ldi.

- Xabarim yo'q. Mendan nima xohlaysiz? Men ham siz kabi internetdan o'qiyapman.

- Bundan kelib chiqadiki, sizga o'yinga uchib ketish va "Sochi" bilan o'ynash haqida aytilmadimi?

- "Uchib ketish" degani nimani anglatadi. Siz kim haqida gapiryapsiz o'zi?

- "Rostov" haqida.

- Bilmayman. Bundan xabarim yo'q. Biz karantindamiz.

- Demak, uchrashuv o'tkazilishi haqida tasdiqlovchi hech narsa yo'q?

- Ha, o'yin bo'lishi mumkin. Biz nima qilishimiz kerak? Yana bir bor qaytaraman: biz karantindamiz, "qamoq"da o'tiribmiz. U yerda "Sochi" bilan kim o'ynaydi, men buni bilmayman.


Rasman: "Sochi" - "Rostov" bugun o'tkaziladi 

"Rostov" "Sochi" bilan o'yinga 2003 yil jamoasini yubormoqchi


AlisherMuallif
Manba: sport-express.ru