

"Manchester Yunayted", "Manchester Siti", "Yuventus" va "Boka Xuniors" klublarida to'p tepgan futbolchi Karlos Tevez Argentinaning "Rosario Sentral" klubiga bosh murabbiy sifatida tayinlandi. Shartnoma bir yilga tuzilgan.
Ma'lumot uchun, "Rosario Sentral" klubi Argentina chempionatida to'rtta turdan keyin to'rt ochko to'plab, 22-o'rinni egallab turibdi. Argentina chempionatida 28 ta jamoa ishtirok etadi.



