

"Kuzatishim bo'yicha hozirda "Yuventus" bir qator qiyinchiliklarga uchramoqda hamda o'zlariga bo'lgan ishonchi yo'qolgan, biroq ishonamanki, ular o'zlari kelib olishadi va mavsum oxirida chempionlikka davogarlar safida bo'ladi", - dedi Anchelotti.
Bundan tashqari, italiyalik mutaxassis kelgusida "Roma"ni boshqarishni xohlaysizmi yoki yo'qmi degan savolga javob berdi.
"Umid qilamanki, rimliklar Mourinyu qo'l ostida muvaffaqiyatlarga erishadi", - deydi murabbiy.
Eslatib o'tamiz, Karlo Anchelotti mavsum boshida "Real"ni qabul qilib olgandi.



