Karlo Anchelotti mavsum oxirida ketadi

Omonjon To`xtamirzayev
20 yanv 2025
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti mavsum yakunida klubdan ketishga qaror qilgan.

Italiyalik qarorini klub rahbariyatiga etkazgan va "qaymoqranglilar" sovrinlar yutgan taqdirda ham uni o'zgartirmasligini ma'lum qilgan. "Real" rahbarlari Anchelottini qarorini hurmat qilgan holda uni fikridan qaytarishga urinishmagan. 65 yoshli mutaxassisning o'rniga asosiy nomzod sifatida "Bayer" ustozi Xabi Alonso tilga olinmoqda.

Eslatib o'tamiz, Anchelotti qo'l ostida "Real": ikki martadan Ispaniya Superkubogini va Ispaniya Kubogini, uch marta UEFA Superkubogini, Qitalararo kubokni, ikki marta Ispaniya chempionati, ikki marta Klublar o'rtasidagi jahon chempionatini va uch marta Chempionlar Ligasini yutgan. Joriy mavsum La Liga 20-turidan keyin "qaymoqranglilar" jadvalda yetakchi bo'lib turishibdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: ondacero.es