Karlo Anchelotti: "Atletiko"dan o'tish uchun "Milan" o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsatishi kerak"

Tolibjon Qosimov
4 mar 2014
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi doirasidagi "Milan" - "Atletiko" javob o'yini oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Zeedorfga omad tilayman. O'yinda esa "Atletiko" favorit. "Milan" katta kuch sarflashiga to'g'ri keladi.

O'yin qiziqarli kechadi. "Atletiko" bor imkoniyatlarini ishga soladi. Ular uchun keyingi bosqichga yo'l olish juda muhim va asosiy maqsadlaridan biri. Shunday ekan, o'yindagi muhit ajoyib bo'ladi.

"Milan" o'zining eng yaxshi futbolini namoyish etishi shart", dedi Anchelotti.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru